O`zbekistonda joriy yilda iste`molchilarga qancha kechbek to`langani ma`lum qilindi. Bu haqda Davlat soliq qo`mitasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, umumiy hisobda yil boshidan buyon 62,6 million chek uchun 101,6 milliard so`m keshbek to`lab berilgan.
To`langan keshbeklarning eng katta qismi quyidagi hududlarga to`g`ri kelmoqda:
Toshkent shahri — 46,8 milliard so`m;
Toshkent viloyati — 10,3 milliard so`m;
Samarqand viloyati — 7 milliard so`m;
Farg`ona viloyati — 6,9 milliard so`m;
Andijon viloyati — 4,4 milliard so`m.






