AsosiyJinoyat
3148

Uchtepa tumanida iste`molga yaroqsiz tovuq go`shtini sotmoqchi bo`lganlar qo`lga olindi

'Uchtepa tumanida iste`molga yaroqsiz tovuq go`shtini sotmoqchi bo`lganlar qo`lga olindi'ning rasmi

Uchtepa tumanida xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovuq go`shtini muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Prokuratura Departamenti xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Uchtepa tuman bo`limi tomonidan tuman soliq inspeksiyasi hamda veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo`limi xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tekshiruvda fuqarolar Sh.K., J.M., J.A. va boshqalar tadbirkor sifatida davlat ro`yxatidan o`tmasdan “Xamdost” MFY hududidagi binoda tovuq go`shtini qayta ishlash sexini tashkil etib, xavfsizlik talablariga javob bermaydigan 4 674 kg. tovuq go`shtini o`tkazish maqsadida saqlab kelayotganliklari aniqlanib, ushbu mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-moddasi (xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni o`tkazish maqsadini ko`zlab ishlab chiqarish, saqlash, tashish yoxud o`tkazish, ishlar bajarish yoki xizmatlar ko`rsatish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar