Transport vaziri Ilhom Mahkamov jamoat transportida naqd pul bilan to`lov narxini qimmatroq qilish — 3000 so`mgacha oshirish rejasi borligini aytdi.
Bunda naqdsiz to`lovlar miqdori 1700 so`m holida o`zgarishsiz qoladi.
Ilhom Mahkamov o`zi rahbarlik qilayotgan vazirlik naqd pul bilan qilinadigan to`lovlar miqdorini oshirish tashabbusi bilan chiqmoqchi ekanini ta`kidlagan.
"Hozir to`lov puli karta bilan 1700 so`m va naqdda 2000 so`m bo`lsa, 1700 so`mga tegmasdan, naqd puldagisini 3000 so`mgacha ko`tarmoqchimiz. Endi bilmadim bu narsaga omma qanday yondashadi. Shunda haydovchilar pulga aralashmasa…", — dedi u.
Vazir, shuningdek, haydovchilarning ish vaqtida uyali telefondan foydalanishini taqiqlash reglamentga alohida kiritilayotganini qo`shimcha qilgan.