AsosiyJamiyat

Urganchda ikki guruh o`rtasidagi katta janjal to`xtatib qolindi

'Urganchda ikki guruh o`rtasidagi katta janjal to`xtatib qolindi'ning rasmi

Joriy yilning 31 mart kuni, viloyat IIB Tezkor-qidiruv xizmatiga Urganch tumani “Bog`dorchi” mahallasi hududida 30 nafarga yaqin fuqarolar o`zaro guruh-guruh bo`lib mushtlashishni rejalashtirganliklari to`g`risida ma`lumot kelib tushdi, deya xabar qilmoqda Xorazm viloyati IIB Axborot xizmati. 

Ushbu ma`lumotga asosan, hodisa joyiga zudlik bilan etib borgan viloyat IIB va DXX boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan o`zaro hamkorlikda amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida, ushbu guruhlar o`rtasida rejalashtirilgan o`zaro janjalning oldi olinishiga erishildi. Aniqlanishicha, ushbu ikki guruh tarkibida bo`lgan 2 nafar shaxs o`rtalarida kelib chiqqan o`zaro nizoni tanishlarini jalb qilgan holda, guruh-guruh bo`lib janjallashib hal qilishga uringan.

Mazkur holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, 9 nafar shaxs ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olindi, shuningdek hodisa ishtirokchisi bo`lgan yana 6 nafar shaxs Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi kodeksning 183 (Mayda bezorilik) va 194-moddalariga (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) asosan 15 sutka muddatga ma`muriy qamoqqa olindi.

 

    Boshqa yangiliklar