Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida aholining biznes tashabbuslarini moliyalashtirishni takomillashtirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi Prezident Qarori (PQ-149-son, 02.04.2024 y.) qabul qilindi.
Qarorga ko`ra, 2024 yil 1 apreldan 2024 yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida kreditlar o`zini o`zi band qilgan jismoniy shaxslarga (asosiy ish joyiga ega shaxslar bundan mustasno) quyidagicha ajratiladi:
- 33 million so`mgacha, bir yildan so`ng ushbu qarz oluvchining tadbirkorlik faoliyati samaradorligi, qarzning maqsadli ishlatilganligi hamda zaruratga qarab guruh kafilligi (kamida 3 nafar fuqaro) bilan qo`shimcha 50 mln so`mgacha revolver asosida;
- Ushbu kreditlardan tomorqani rivojlantirishning bir nechta yo`nalishlarida (parrandachilik, quyonchilik, chorvachilik, asalarichilik, baliqchilik va ixcham issiqxona) foydalanishi uchun;
- Er maydoni 10 sotixdan ortiq bo`lgan tomorqa er egalariga va ijarachilarga 50 mln so`mgacha garovsiz;
- 10 sotixli ixcham issiqxonalarni barpo etish va baliqchilik faoliyatini tashkil etish uchun 100 mln so`mgacha garovsiz.
Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi vakolatli banklar bilan birgalikda 2024 yil 1 iyuldan mahallalarda dasturlar doirasida ajratilgan kreditlardan maqsadli foydalanilishi monitoringini va ularning samaradorligini baholash mexanizmini joriy etadi.






