AsosiyJamiyat

Prezident Toshkentdagi bolalar musiqa va san`at maktabini ko`zdan kechirdi

'Prezident Toshkentdagi bolalar musiqa va san`at maktabini ko`zdan kechirdi'ning rasmi

Davlatimiz rahbari Toshkent shahridagi 1-bolalar musiqa va san`at maktabini ko`zdan kechirdi.

Maktab o`tgan yili respublika byudjeti mablag`lari hisobidan bunyod etilgan. 250 o`quvchiga mo`ljallangan. Joriy o`quv yilida 1-sinfga 145 nafar o`g`il-qiz qabul qilingan.

Bu erda yoshlar 12 yo`nalish bo`yicha maktabdan tashqari ta`lim oladi. O`quvchilar ijodiy imtihonlar asosida saralab olinadi.

Ellikka yaqin o`quv va kompyuter xonalari, tadbirlar zalida shinam sharoitlar yaratilgan. Kutubxonada 5 ming 500 dan ortiq o`quv adabiyoti va notalar jamlangan.

Prezidentimiz san`at ma`naviy boy avlodni tarbiyalashga xizmat qilishini, bunga mehrni bolalikdan boshlab shakllantirish zarurligini ta`kidladi. Shu maqsadda umumiy ta`lim tizimi bilan musiqa ta`limi dasturlarini uyg`unlashtirish muhimligi aytildi. San`at maktablari bilan oliygohlar, teatrlar va boshqa madaniyat muassasalarining hamkorligi tizimini kuchaytirish vazifasi qo`yildi.

Mamlakatimizda barcha maktablar cholg`u asboblari bilan ta`minlanib, yoshlarning qiziqish va iste`dodi rivojlantirilmoqda. Bu an`anaviy san`at yo`nalishlari bilan birga maqom, baxshichilik va mumtoz musiqa qadriyatlarimizni davom ettirishga xizmat qiladi.

    Boshqa yangiliklar