AsosiyJamiyat

"Kechgacha 50 tadan ovoz yig`masang hammangni yo`qotaman"

'"Kechgacha 50 tadan ovoz yig`masang hammangni yo`qotaman"'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda "Kechgacha 50 tadan ovoz yig`masang hammangni yo`qotaman" sarlavhali audeoxabarlar tarqaldi.Ovoz egasi Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani hokimi o`rinbosarlaridan biriga tegishli ekani aytilgan edi.

Audeoda kechgacha "Open byudjet" uchun 100 va 50 tadan ovoz to`plab bermagan rahbarlar ishdan bo`shatilishi haqida ogohlantirilgan.

Mazkur holat Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo`yicha Milliy komissiyasi tomonidan nazoratga olingani ma`lum qilindi.

"Mazkur holat zudlik bilan o`rganiladi hamda mas`ullarning faoliyatiga huquqiy baho berilishi ta`minlanadi", - deyiladi Milliy komissiya bayonotida.

    Boshqa yangiliklar