Qozog`istondagi dahshatli avtohalokatda sakkiz o`zbekistonlik halok bo`lgani haqida xabar berilgan edi.
O`zbekiston FVV sodir bo`lgan yo`l-transport hodisasi yuzasidan birlamchi ma`lumot berdi.
Ma`lum qilinishicha, 2024 yil 3 aprel kuni soat taxminan 17:00 larda Qozog`iston Respublikasi, Aktobe viloyati, Algin tumanidan o`tgan Respublika ahamiyatiga ega “Samara-Shmkent” avtomobil yo`lining 678 km.da “Toyota-Alhpard” rusumli hamda “Volvo” rusumli yuk avtomobili ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`lgan. Yo`l-transport hodisasi natijasida, “Toyota-Alhpard” rusumli avtomobilida bo`lgan jami 8 nafar O`zbekiston Respublikasi fuqarolari olgan tan jarohatlari natijasida voqea joyida vafot etgan.
"Prezidentning topshirig`iga asosan, baxtsiz hodisada vafot etganlarni Mudofaa vazirligining maxsus havo borti orqali Vatanga olib kelish va dafn etish marosimlarini o`tkazish bo`yicha Hukumat komissiyasi tuzilib, kerakli barcha zarur chora-tadbirlar ko`rilmoqda.
Shuni alohida ta`kidlash joizki, O`zbekiston Respublikasi Favqudodda vaziyatlar vazirligi mas`ullari Qozog`istonlik hamkasblari bilan doimiy aloqada bo`lib, baxtsiz hodisani kelib chiqish sabablarini o`rganish bo`yicha hamkorlik ishlarini olib bormoqda", - deyiladi bayonotda.






