AsosiyJamiyat

8 o`zbekistonlik halok bo`lgan Aqto`bedagi YTH bo`yicha jinoyat ishi ochildi

'8 o`zbekistonlik halok bo`lgan Aqto`bedagi YTH bo`yicha jinoyat ishi ochildi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, 2024 yilning 3 aprelida Aktobe viloyati, Alg`a tumani hududidan o`tuvchi “Samara-Shimkent” respublika ahamiyatiga ega avtomobil yo`lida sodir bo`lgan baxtsiz hodisa oqibatida vafot etgan 8 nafar O`zbekiston Respublikasi fuqarosi halok bo`ldi

Qozog`istondagi O`zbekiston Elchixonasi marhumlarning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur ta`ziya bildirdi.

Mazkur masala yuzasidan O`zbekiston Respublikasining Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasi Qozog`iston Respublikaisning tegishli tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlikda ishlamoqda. Holat alohida nazoratga olingan.

Qo`shimcha ma`lumotlar bo`yicha O`R Aqtau shahridagi Bosh konsulxonasiga quyidagi raqam bo`yicha murojaat qilish mumkin +7 (729) 277-71-17.

Aqtaudagi O`zbekiston bosh konsulligi xabariga ko`ra, holat yuzasidan Qozog`iston Respublikasi Jinoyat kodeksining 345-moddasi bilan jinoiy ish qo`zg`atilgan.

    Boshqa yangiliklar