Endilikda Farzandingizni chet elga olib chiqish uchun Notarial tasdiqlangan rozilik berishni notarial idoraga bormasdan dunyoni istalgan joyidan rasmiylashtirishingiz mumkin. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Buning uchun rozilik beruvchi E-notarius.uz axborot portalida “Voyaga etmagan farzandini chet elga olib chiqish uchun rozilik” berishni tanlaydi, o`zining shaxsiga oid ma`lumotlarni kiritadi va notarial harakatni yaratadi.
Rozilik beruvchi qaysi farzandini chet elga olib chiqish uchun farzandlar ro`yhatidan tanlaydi;
shundan so`ng hamrohlik qiluvchi shaxsning shaxsga oid ma`lumotlarini kiritadi;
avtomatik tarzda yoki ixtiyoriy notarius tanlanadi;
notarius notarial harakatni rasmiylashtirishga qabul qilib, vaqtni belgilaydi va taraflarning mobil telefoniga SMS xabarnoma yuboriladi;
belgilangan vaqtda notarius taraflar ishtirokida videokonferensaloqa orqali notarial harakatni rasmiylashtiradi;
Siz ushbu notarial harakatni uyingizdan yoki ish joyingizdan chiqmagan holda kompyuter yoki mobil telefon orqali 15 minutda rasmiylashtirishingiz mumkin.






