AsosiyJamiyat

NASA Oyda o`simlik etishtirishni rejalashtirmoqda

'NASA Oyda o`simlik etishtirishni rejalashtirmoqda'ning rasmi

Amerikalik astronavtlar "Artemida III" missiyasi doirasida 2026 yilda Oy yuzasiga kress salat, o`rdak o`ti va Brassica rapa karamini ekishni rejalashtirmoqda. Bu haqida zamon.uz xabar bermoqda.

Oyning qishloq xo`jaligi florasiga ta`siri (LEAF) loyihasi 2026 yilda Oyga yuborilishi uchun tanlangan uchta tajribadan biridir. Bu AQSh kosmik agentligining Oyda birinchi marta o`simliklar etishtirishi bo`ladi va kelajakda kosmik missiyalarni kengaytirish uchun kalit bo`lishi mumkin.

LEAF tajribasi Koloradodagi "Space Lab Technologies" tomonidan turli o`simliklarning kosmik sharoitlarga qanday bardosh berishini tekshirish uchun ishlab chiqilgan. Astronavtlar kengaytirilgan "o`sish kameralari" ceriyasidan foydalanadilar, bu texnologiyadan kress salat, o`rdak o`ti va Brassisa rapa karamlari etishtiriladi. Ushbu kameralar o`simliklarni ortiqcha radiasiya, quyosh nuri va vakuumdan himoya qiladi va astronavtlar ularning o`sishini nazorat qiladi.

Kress salati tanlanganini sababi – uning butun genetik kodi to`liq xaritaga tushirilgan. Bu shuni anglatadiki, olimlar o`simlik DNKsidagi o`zgarishlar radiasiya tufayli yuzaga keladimi yoki yo`qligini aniqlashlari mumkin.

O`rdak o`tining na ildizi, na poyasi bor. Dunyodagi eng kichik o`simlik o`zining sharsimon shakli bilan birgalikda kosmik sharoitlarga ayniqsa chidamli bo`lishi mumkinligiga umid qilinmoqda. Juda chidamli va tez o`sadigan o`rdak o`ti ko`pincha dunyo bo`ylab butun hovuz va ko`llarni tezda qamrab oladi. Biroq, kosmosda o`rdak o`ti noqulay emas, balki ko`p kislorodning potensial manbayi bo`lgan past proteinli ekinga aylangan.

Brassica rapa karami – karam va brokkolining tez o`sadigan qarindoshi, kelajakdagi kosmik koloniya uchun ovqatlanish va hayotni qo`llab-quvvatlash tizimlarini ta`minlay olishi taxmin qilinmoqda.

    Boshqa yangiliklar