AsosiyJamiyat

Taniqli bolalar shoiri vafot etdi

'Taniqli bolalar shoiri vafot etdi'ning rasmi

Taniqli bolalar shoiri, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi, “Buloqcha” jurnali bosh muharriri Raim Farhodiy 82 yoshida vafot etdi. Bu haqida Yozuvchilar uyushmasi xabar berdi.

Raim Farhodiy 1942 yil 16 may kuni Samarqand shahrida tug`ilgan. 1955 yili Samarqand tibbiyot institutini, 1971 yili Maksim Gorkiy nomidagi adabiyot institutini tamomlagan.

U 1967 yildan buyon Yoshlar tashkiloti lektori, "Zvezda Vostoka" jurnali she`riyat bo`limi mudiri, G`afur G`ulom nomidagi adabiyot va san`at nashriyoti bosh muharriri o`rinbosari, "Xalq so`zi" - "Narodnoe slova" gazetalari madaniyat bo`limi muharriri va boshqa nufuzli nashrlarda turli vazifalarda ishlagan.

Ayni paytda u O`zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Rusiyzabon adabiyot kengashi raisi, “Buloqcha” (“Rodnichok”) bolalar jurnali bosh muharriri sifatida ishlab kelayotgan edi.

Raim Farhodiy bolalar uchun 50 dan ortiq she`riy va nasriy kitoblar yozgan. U etuk tarjimon ham edi. O`zbek bolalar she`riyatidan asarlarni, Navoiy, Bobur g`azallarini rus tiliga tarjima qilgan.

Raim Farhodiy 1989 yil "O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan madaniyat xodimi" faxriy unvoni, 1999 yil “Do`stlik” ordeni bilan taqdirlangan.

    Boshqa yangiliklar