1

Qozog`istondagi YTHda halok bo`lgan o`zbekistonliklar Surxondaryoga olib kelindi

Jamiyat 05.04.2024, 08:29
Qozog`istondagi YTHda halok bo`lgan o`zbekistonliklar Surxondaryoga olib kelindi

Avval xabar berganimizdek, O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoevning topshiriqlariga asosan, Hukumat farmoyishi bilan Favqulodda vaziyatlar vaziri o`rinbosari boshchiligida tashkil etilgan maxsus komissiya kecha, 4 aprel kuni Qozog`iston Respublikasi Aktobe oblastiga etib bordi. 

FVV xabariga ko`ra, Maxsus komissiya a`zolari Qozog`iston Respublikasining mas`ul idoralari rahbarlari bilan uchrashib,  belgilangan tashkiliy va amaliy tadbirlarni hamkorlikda olib borishdi. Shundan so`ng O`zbekiston Mudofaa vazirligining maxsus bortida yo`l-transport hodisasi oqibatida vafot etgan fuqarolar Qozog`iston Respublikasidan 5 aprel kuni soat 03:00 larda Surxondaryo viloyatidagi “Termez” xalqaro aeroportiga olib kelindi.

Ta`kidlanishicha, Qozog`iston Respublikasi mas`ul idoralari yuzaga kelgan baxtsiz hodisa oqibatida vafot etganlarni  O`zbekistonga olib kelinishida yaqindan ko`maklashdilar.

Favqulodda vaziyatlar, Mudofaa, Ichki ishlar, Tashqi ishlar, Sog`liqni saqlash va Transport vazirliklari hamkorligida 8 nafar vafot etgan fuqarolarning jasadlari yashash manzillariga yuborildi. Hozirda mahalliy hokimliklar tomonidan dafn marosimlarini o`tkazish bo`yicha tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1