1

O`shdan O`zbekiston shaharlariga aviaqatnovlar yo`lga qo`yilishi mumkin

Jamiyat 05.04.2024, 09:26
O`shdan O`zbekiston shaharlariga aviaqatnovlar yo`lga qo`yilishi mumkin

O`zbekiston bosh konsuli Zafarbek Ahmedov "Manas" xalqaro aeroportining O`sh filiali direktori Timur Madanbekov bilan uchrashdi, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA.

Muloqot avvalida O`zbekiston va Qirg`iziston o`rtasida turli darajadagi aloqalar, xususan savdo-iqtisodiy, ta`lim, fan, madaniyat va turizm sohalaridagi o`zaro hamkorlik jadal rivoj topayotgani qayd etildi.

O`zbekistonning tarixiy shaharlariga sayohat qilish yoki davolanish maqsadida borayotgan Qirg`iziston fuqarolarining soni yildan yilga oshayotgani, shuningdek, yozgi mavsumda Qirg`izistonga dam olish uchun kelayotgan o`zbekistonliklar ham ko`paygani ta`kidlandi. Biroq, O`sh va unga qo`shni viloyatlarni O`zbekistonning Toshkent va boshqa tarixiy shaharlari bilan bog`lovchi qulay transport-logistika tizimining yo`qligi turizmni yanada rivojlantirishda asosiy muammolardan biri bo`lib qolmoqda.

Shulardan kelib chiqqan holda qirg`iz tomoni Toshkent-O`sh-Toshkent yo`nalishi bo`yicha aviaqatnovlarni yo`lga qo`yish taklifini bildirdi.

Uchrashuv yakunida ikki mamlakat fuqarolari uchun qator qulayliklarni taqdim etadigan va o`zaro turistlar almashinuvini oshirishga xizmat qiladigan havo qatnovlarini yo`lga qo`yish bo`yicha O`zbekistonning tegish tashkilotlari bilan alohida uchrashuv tashkil etish to`g`risida kelishib olindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1