AsosiySog'lik

Apelsin asabni tinchlantiradi

Apelsin mevasi ishtahani yaxshilaydi, tarkibidagi kaliy, askorbin kislotasi va vitaminlar...

Apelsin mevasi ishtahani yaxshilaydi, tarkibidagi kaliy, askorbin kislotasi va vitaminlar hisobiga gipertoniya, ateroslekroz, jigar faoliyati bilan bog`liq xastaliklarda foydali. Shuningdek, yog`li taomdan so`ng bir-ikki bo`lak apelsin mevasi iste`mol qilish ovqat yaxshi hazm bo`lishi va xolesterin miqdori ko`tarilmasligini ta`minlaydi.

Resept:

  • Asabni tinchlantirishda: apelsin po`stini quritib, 1,5 choy qoshig`ini choynakka soling. 2 choy qoshiq limono`t (melissa) o`simligidan ham qo`shib, qaynagan suv bilan damlang. 10-15 daqiqa dam egach, ta`bga ko`ra asal aralashtiring va 150 grammdan kuniga 2-3 mahal qabul qiling. Bu damlama asab tolalarini bo`shashtirib, bezovtalik va zo`riqishdan xalos etadi.

Kimlarga mumkin emas?

Apelsin mevasini me`yordan ortiq iste`mol qilish turli nojo`ya ta`sirlarga ega. Oshqozon yarasi, 12 barmoqli ichak, gepatit, xolesistit, qabziyat, oshqozon suyuqligining nordon muhitidagi yuqori ko`rsatkich kabi holatlarda apelsin mevasi va undan tayyorlangan malhamlar tavsiya etilmaydi.

Boshqa yangiliklar