O`zbekiston musulmonlari idorasi Ulamolar kengashining Ramazon hayitining birinchi kuni 10 aprelga to`g`ri kelishi haqidagi qarorini inobatga olib, joriy yilning 10 aprel kuni poytaxtdagi 125 ta masjidda hayit namozi o`qilishi kutilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IBB xabar berdi.
Hayit namozini yuqori saviyada va tartibli o`tkazish, fuqarolarga zarur shart-sharoit yaratish va ularning xavfsizligini ta`minlash maqsadida 10 aprel soat 00:00 dan 7:30 gacha poytaxtning quyidagi ko`chalari va yo`llarda avtotransport vositalarining harakati vaqtincha to`xtatiladi.
Mirzo Ulug`bek tumani :
"To`ra buva" masjidi oldidagi Buyuk Ipak yo`li ko`chasi - Sho`rtepa ko`chasidan, Buyuk Ipak yo`li - Sultoniya ko`chasigacha.
Bektemir tumani :
"Xo`ton" masjidi oldidagi Bektemir shoh ko`chasi - Xusayn Boyqaro ko`chasidan Bektemir yo`li ko`chasigacha.
Olmazor tumani:
"Islomobod" masjidi oldidagi KXAY ko`chasi - KXAY– Sag`bon ko`chalari chorrahasidan, Nurafshon - Sag`bon ko`chalari chorrahasigacha.
"Hazrati imom" masjidi oldidagi Qorasaroy ko`chasi – Qorasaroy – Nurafshon ko`chalari chorrahasidan, Qorasaroy – Abdulla Qodiriy ko`chalari chorrahasigacha.
Shayxontohur tumani:
"Shayx Zayniddin" masjidi oldidagi Ko`kcha Darvoza – Nurafshon ko`chalari chorrahasidan Ko`kcha Darvoza –
Beshqayrag`och ko`chalari chorrahasigacha.
"Xo`ja Alambardor" masjidi oldidagi Bunyodkor - Kamolon ko`chalari chorrahasidan Kamolon - Ustazoda 2-tor ko`chalari chorrahasigacha.
"Kox ota" masjidi oldidagi Sebzor ko`chasi – Nurafshon – Sebzor ko`chalari chorrahasidan Nurafshon – Labzak ko`chalari chorrahasigacha.
Chilonzor tumani:
"Ubay ibn Ka`b" masjidi oldidagi Al-Xorazmiy ko`chasi – Al Xorazmiy – Xirmontepa ko`chalari chorrahasidan Al Xorazmiy – Katta qani chorrahasigacha.
"Katta Qozirobod" masjidi oldidagi Chilonzor ko`chasi – Chilonzor – Cho`ponota ko`chalari chorrahasidan Chilonzor – Nurxon ko`chalari chorrahasigacha.
"Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf" masjidi oldidagi So`galli ota ko`chasi – Al-Xorazmiy – So`galli ota ko`chalari kesishmasidan Xonabod 2-berk ko`chasidan – So`galli ota ko`chasigacha.
"Novza" masjidi oldidagi Bunyodkor-Muqimiy ko`chalari kesishgan ko`prik ostidan Oliy Majlis binosi qarshisigacha bo`lgan yo`lda harakat cheklanadi.
Uchtepa tumani:
"Abdulloh ibn Ma`sud" masjidi oldidagi Lutfiy ko`chasi – Lutfiy – Xirmontepa ko`chalari chorrahasidan Lutfiy – Katta qa`ni ko`chalari chorrahasigacha.
"Hazrati Ali" masjidi Nazarbek-Mahorat ko`chalari chorrahasidan Nazarbek-Zamaxshariy 1-tor ko`chalari chorrahasigacha.
Yunusobod tumani:
"Minor" masjidi oldidagi KXAY ko`chasi – KXAY va Ko`rgazma ko`chalari chorrahasidan KXAY –Sh.Rashidov ko`chalari chorrahasigacha.
"Mirzo Yusuf" masjidi oldidagi Bog`ishamol ko`chasi – Bog`ishamol ko`chasidan Shivli ko`chasigacha.
Yakkasaroy tumani:
"Usmon bin Ma`zun" masjidi oldidagi KXAY ko`chasi – KXAY – Qushbegi chorrahasidan KXAY – Fayzli Toshkent ko`chalari chorrahasigacha.
Yashnobod tumani:
"Islom ota" masjidi oldidagi Farg`ona yo`li ko`chasi – Farg`ona yo`li – Fitrat ko`chalari chorrahasidan Farg`ona yo`li – Tolimarjon ko`chalari chorrahasigacha.
"Ali ibn Abu Tolib" masjidi oldidagi Cho`lpon ko`chasi - Imom Buxoriy - Cho`lpon ko`chalari chorrahasidan, Cho`lpon - Salohiyat ko`chalari chorrahasigacha.
Mirobod tumani:
"Qo`yliq ota" masjidi oldidagi TXAY ko`chasi – Qo`yliq bozori ko`prik ostidan TXAY va Munis ko`chalari chorrahasigacha cheklanadi.
Masjidlar joylashgan boshqa ko`chalarda ham avtotransport vositalarining harakati vaqtincha cheklanadi.
Fuqarolardan yuzaga keladigan noqulayliklar uchun uzr so`ragan holda, vaqtincha aylanma yo`llardan foydalanishlarini tavsiya etiladi.
#O`zbekiston musulmonlari idorasi #Ramazon hayiti #masjid #avtotransport #to`xtatiladi