AsosiyDunyo

Fransiya, Iordaniya va Misr etakchilari G`azoda o`t ochishni to`xtatishga chaqirmoqda

'Fransiya, Iordaniya va Misr etakchilari G`azoda o`t ochishni to`xtatishga chaqirmoqda'ning rasmi

"Zo`ravonlik, terror va urush Yaqin Sharqqa tinchlik keltirmaydi, faqat ikki davlat tamoyili muammolarga echim bo`la oladi", — deyiladi Emmanuel Makron, qirol Abdulla II va Abdul Fattoh as-Sisining qo`shma bayonotida. Bu haqda “The Washington Post” nashri manbalarga tayanib ma`lumot berdi.

Ayni paytda HAMAS harakati vakillari Qohiradagi vositachilardan olingan yana bir taklif falastinliklarning ehtiyojlarini to`la qondirmasa-da, o`rganayotganliklarini bildirishdi. 

“AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi rahbari Uilyam Bernsning Qohiradagi uchrashuvda bildirgan takliflardan biri 40 nafar isroillikni 900 nafar falastinlik bilan almashishni nazarda tutadi”, deb yozadi The Wall Street Journal. 

Isroil o`z qamoqxonalaridagi bir qancha falastinliklar evaziga garovga olingan isroilliklarni ozod qilish bo`yicha kelishuvga erishmoqchi. Shu bilan birga, HAMAS Isroil qo`shinlarining G`azo sektoridan to`liq olib chiqilishini ham talab qilmoqda. 

Avvalroq Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu SAXALning "HAMASni to`liq mag`lub etish uchun Rafahga hujum qilish muddati" allaqachon aniqlanganini aytgan edi.

#HAMAS          #urush       #Isroil      #Rafah

    Boshqa yangiliklar