AsosiySport
4546

Sho`rtan ikki futbolchi bilan xayrlashdi

'Sho`rtan ikki futbolchi bilan xayrlashdi'ning rasmi

Sho`rtan klubi ikki nafar futbolchini Ligada ro`yxatdan chiqardi. G`uzorliklar darvozabon Sherzod Abduraimov hamda himoyachi Sherali Jo`raev bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi. Bu haqda “O'zbekiston Pro liga” si xabar qildi. 

Eslatib o`tamiz,  “Mash`al” - “Sho`rtan” uchrashuvining 87-daqiqasida mehmonlar posboni Sherzod Abduraimov sportchiga xos bo`lmagan xatti-harakatni amalga oshirgan. U avvaliga o`z darvozasidan ikkinchi golni o`tkazib yuborgan, keyin esa uni nishonlayotgan “Mash`al” futbolchisi Ibrohim G`anixonovning yuz qismiga boshi bilan zarba berib, raqibini burnini sindirib qo`ygandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar