AsosiyJamiyat

Toshshahartransxizmat” holat yuzasidan munosabat bildirdi

'Toshshahartransxizmat” holat yuzasidan munosabat bildirdi'ning rasmi

Toshkent shahrida avtobus haydovchisi eshikka qisilib qolgan yo`lovchini bir necha metrga sudrab ketgani aks etgan video tarqaldi. “Toshshahartransxizmat” holat yuzasidan munosabat bildirdi.

Haydovchining so`zlariga ko`ra, keksa erkak to`satdan avtobusdan tushgan. U eshiklarni yopgach, harakatda davom etayotgan vaqtida buni payqab qolgan va darhol avtobusni to`xtatgan. Yo`lovchi hammasi yaxshi ekanini bildirgach, yana avtobusga minib, yo`lida davom etgan.

“145-maktab bekatiga yaqinlashib kelganimda bekatda yo`lovchlarni tushirganimdan so`ng, harakatni davom ettirish vaqtida eshiklarni yopdim. Shu payt orqa eshikdan to`satdan yoshi ulug` inson tushib qoldi. Buni sezmay qoldim. Harakatni davom ettirdim, keyin to`xtadim. Oldiga borib, vaziyatni tushuntirganimda bolam, sen ketaver, o`zimda ham xato bo`ldi, hammasi yaxshi, deganlaridan keyin avtobusga o`tirib, yana yo`nalishimni davom ettirib ketdim. Holat boshqa takrorlanmaydi. Hammadan uzr so`rayman”, — deydi haydovchi.  

Ma`lum qilinishicha, haydovchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan. Boshqa barcha haydovchilar bilan tushuntirish ishlari olib borilgan.

 

    Boshqa yangiliklar