1

O`zbekiston va Turkiya etakchilari bir-birini hayit bilan qutladilar

Jamiyat 09.04.2024, 21:35
O`zbekiston va Turkiya etakchilari bir-birini hayit bilan qutladilar

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev va Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`an 9 aprel kuni bo`lib o`tgan telefon orqali muloqotda butun musulmon ummati uchun muqaddas Ramazon hayiti bilan bir-birini samimiy tabrikladilar.

Davlat rahbarlari qardosh O`zbekiston va Turkiya xalqlariga tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tiladilar.

O`zbekiston bilan Turkiya o`rtasidagi keng qamrovli strategik sherilik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlashning dolzarb masalalari ham ko`rib chiqildi.

Ikki tomonlama o`zaro manfaatli hamkorlik jadal tus olgani, faol siyosiy muloqot olib borilayotgani, savdo-iqtisodiyot va investisiya sohalaridagi aloqalar sur`ati oshib borayotgani, samarali madaniy-gumanitar almashinuvlar davom etayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Ikki mamlakat etakchi korxona va kompaniyalarining kooperasiya loyihalarini ilgari surish, hududlar darajasidagi amaliy hamkorlikni kengaytirishga alohida e`tibor qaratildi.

Bo`lajak tadbirlar rejasi, shu jumladan oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining navbatdagi yig`ilishini o`tkazish masalasi ko`rib chiqildi.

O`zbekiston va Turkiya etakchilari mintaqaviy kun tartibi yuzasidan ham fikr almashdilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1