1

O`zbekiston va bir qator mamlakatlar yoshlari tibbiyot fani bo`yicha o`z tadqiqotlarini namoyish qildi

Jamiyat 10.04.2024, 09:38
O`zbekiston va bir qator mamlakatlar yoshlari tibbiyot fani bo`yicha o`z tadqiqotlarini namoyish qildi

Tibbiyot sohasining yosh mutaxassislari Toshkent shahrida bo`lib o`tgan uchinchi «Akusherlik va ginekologiyaning dolzarb masalalari» mavzusidagi Yoshlar ilmiy-amaliy konferensiyasida  ishtirok etdi. Bu haqda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi xabar qilmoqda.

​Forumda mamlakatimiz tadqiqotchilari bilan birgalikda Rossiya, Qozog`iston, Turkmaniston, Ozarbayjonning tibbiyot fani vakillari ham ishtirok etdi.

​Yoshlar konferensiyasi O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vazirligi hamda Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (RIOvaBSIATM) tomonidan tashkil   etildi.

​«Bugungi dunyo yosh olimlardan nafaqat o`z sohasini bilishini, shu bilan birga noan`anaviy fikr yuritishni, o`zlarining qimmatli g`oyalarini yuzaga chiqara bilishlarini talab etadi. Shu tufayli yosh olimlar forumining muhimligi va ahamiyati, shubhasiz o`sib boryapti», — deb ta`kidladi kirish so`zida O`zbekiston Respublikasi Sog`liqni saqlash vaziri v.v.b. Asilbek Xudoyorov.

​U bugungi yosh olimlar tadqiqotlarining asosiy vazifasi yangi g`oyalarning tug`ilishi, ularning muhokamasi va tarqatilishidan iborat ekanligini ta`kidladi.

​«Tibbiyot ilmiy ishlanmalar va ularning kelgusida amaliy qo`llanilishi uchun ilg`or platformalardan biri sanaladi, va sizlarning oldingizda o`z iqtidorligingizni namoyish etishga zo`r imkoniyat paydo bo`lyapti», — dedi yosh ishtirokchilarga murojaat qila turib, vazirlik rahbari.

​Ona va bola markazi rahbari Natalya Nadrxanova ta`kidlaganidek, bugun sog`liqni saqlash tizimidagi, ayniqsa, ona bola salomatligini muhofaza qilish sohasidagi mutaxassislar oldiga juda yuqori talablar qo`yilyapti. Shuning uchun ta`limning ham diplomgacha, ham diplomdan keyingi bosqichida yuqori malakali kadrlar tayyorlash muhim rol o`ynaydi. Va yosh mutaxassisilar orasida ilmiy-amaliy konferensiyaning o`tkazilishi yosh kadrlarning malaka va ilmiy salohiyatini oshirishning, mamlakatimiz sog`liqni saqlash tizimining raqobatbardoshligini oshirishning samarali formati sanaladi.  

​BMTning Aholishunoslik jamg`armasi (YuNFPA)ning O`zbekistondagi  vakili Nigina Abasadze o`z so`zida mamlakatimizda tibbiyot sohasining yosh mutaxassislari va ilmiy tadqiqotlar har doim qo`llab-quvvatlanib kelinishini ta`kidladi. Shu yo`l bilan akusherlik va ginekologiya sohasi, reproduktiv xizmatlar sifatli bo`lishi, rivojlanishi, u erlarda o`z ishini puxta biladigan, taraqqiyot bilan hamqadam mutaxassislar ishlashlari uchun qulay sharoitlar yaratilyapti.

​«Biz hammamiz shuni yaxshi bilamizki, innovasion fikr taraqqiyot tufayli harakatlanadi. Yana shuni bilamizki, izlanuvchan aqllar dunyoni oldinga intiltiradi, va shuning uchun yosh mutaxassislar — bizning tibbiyotimiz kelajagidir», — dedi YuNFPA vakolatxonasi rahbari.

​Forumning yosh ishtirokchilariga qarata murojaat qila turib, u shunday dedi: «Men Sizlarga muvaffaqiyatlar tilashni, Sizlarning tadqiqotlaringizdan kelib chiqadigan innovasion fikrning amaliyot bilan uyg`unlashib ketishini va O`zbekiston, ehtimol, hudud  xalqiga foyda keltirishini istayman».  ​

​Uchinchi konferensiya xalqaro miqyosi bilan voqeaga aylandi. Xorijiy ishtirokchilardan biri sifatida V.A. Almazov nomidagi Milliy​tibbiyot tadqiqot markazi (Rossiya Sankt-Peterburg shahri) yosh olimlari ham bunda ishtirok etdi. Ishtirokchilarni onlayn aloqa orqali ushbu Markaz akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri Irnina Zazerskaya tabrikladi. U kishi qadimiy o`zbek zamini ta`lim va ilmiy fikrning asrlarga teng an`analariga ega ekanligini, va bu zaminda bo`la turib, ushbu zaminda an`anaviy rivojlanib borgan ilmlarni bera turib, yangilikka erishishga bo`lgan ehtiyojning noyob quvvatini hsi etish mumkinligini ta`kidladi. Yoshlar forumining o`zi esa, — dedi I. Zazerskaya,— bu haqiqiy muloqot, yangi do`stona munosabatlar, yangi bilim va axborotlar almashinuvi bayramidir.  

​Forum doirasida yoshlar tadqiqotlarining ham, hamfikrlar bilan tanishishning ham muhimligi haqida yosh tibbiyot xodimlarining o`zlari ham fikr bildirdi.  

​«Bugungi kunda isbotlangan tibbiyot juda zarur va har bir yosh shifokor buni yaxshi tushunadi, shuning uchun eng zamonaviy faktlarga asosan davolashga intiladi. Ushbu faktlarning bo`lishi uchun tadqiqotlar, jumladan, mazkur konferensiyada taqdim etilgan tadqiqotlar zarur», — deb hisoblaydi Ona va bola markazining ordinatori Karina Maxsudova.  

​Karina konferensiyani tayyorlashda bevosita ishtirok etdi. U ma`ruzalarni tanlashga jiddiy e`tibor qaratilganini aytdi.

«Tayyorgarlik ko`rish ustida ishlash juda qiziq va mas`uliyatli edi, chunki biz tezis va ma`ruzalarni saraladik, va men buning qanchalik ko`p mehnat talab qilishidan taajjublandim. Har bir xat, har bir arizani tekshirib ko`rish va ularga javob qaytarish ter to`kib ishlaydigan mehnat. Shunday bo`lsada, ular orasidan eng yaxshilarini tanlash kerak edi».

​Toshkent konferensiyasiga akusherlik va ginekologiya sohasidagai zamonaviy yangi axborotlar bilan o`rtoqlashishga V.A Almazova nomidagi Rossiya Milliy tibbiy-tadqiqot markazi yosh mutaxassisi Natalya Panikarova keldi.

​«Yoshlar konferensiyasi juda muhim format, o`ylaymanki, yoshlarda har doim ulkan salohiyat mavjud. Hozir bu yoshda kuch-quvvat, g`ayrat va yangi narsalarni o`rganish istagi ko`p bo`ladi» , — deb hisoblaydi rossiyalik yosh mutaxassis.  

Natalya yana xalqaro aloqalarning, bunday tadbirlar imkon yaratib beradigan munosabatlar katta ahamiyat kasb etishini ham  ta`kidladi.

​«Xalqaro miqyosdagi yoshlar konferensiyasi — bu, bir jihatdan, xorijiy tengdoshlarining yangi g`oyalarini tinglash, yana bir jihatdan esa  o`zingning tadqiqoting haqidagi ularning fikrlarini bilish, — deb hisoblaydi Qozog`iston akusherlik va ginekologiya, perinatologiya va ginekologiya milliy markazi rezidenti, Olma-otalik shifokor genetik Benazir Amirbaeva. — Shuningdek hamkasblarimizdan O`zbekistondagi o`qish va ishlash uchun sharoitlar haqida, ularning imkoniyatlari va rejalari haqida bilish juda qiziq». ​

​Benazirning ishonchi komilki, sen hamma bilan barobar bo`lgan aynan yoshlar konferensiyasi formati hatto ortiqcha tortinchoqlikdan aziyat chekayotgan tadqiqot mualliflariga ham o`zlarini ko`rsatish imkonini beradi. Tengdoshlari orasida o`z g`oyalarini munosib taqdim etish, ularni muhokama qilish oson kechadi.

​Toshkentdagi anjumanda neonatologiyadagi Qozog`iston tajribasini ushbu Olma-ota ilmiy markaz rezidenti, shifokor Nargiza Asqarovataqdim etdi. U o`zining yurtida deyarli har bir tibbiy markaz yoshlar ilmiy tadbirlarini o`tkazishga harakat qilishini ma`lum qildi. Shuning uchun bunday keng miqyosdagi konferensiyani tashkil etishda, O`zbekiston tajribasi, hamda o`z tengdoshlari oldida o`zining ilmiy g`oyalarini taqdim etish ular uchun juda qiziq ekanligini ta`kidladi.

​Ilmiy nuqtai nazardan yoshlar konferensiyasining maqsadi — yoshlarni ilmiy faoliyat atrofida to`plash, deb hisoblaydi RIOvaBSIATM direktor o`rinbosari Feruza Nishanova.

​«Aynan mana shunday konferensiyalar ilmiy ishlarni amalga oshirish doirasida nutq so`zlash ko`nikmalarini egallash imkonini yaratadi. Undan tashqari konferensiya salohiyati inobatga olinadigan eng yaxshi ishtirokchilarni aniqlashga yordam beradi. Xususan, stajer -tadqiqotchi sifatida keyinchalik doktoranturaga o`tish uchun diplomdan keyingi ta`limni davom ettirishda yangi bosqich deb hisoblash mumkin»,  deya ta`kidladi u intervyuda.

​O`zbekiston hududlari yoshlarining bunday konferensiyalarni o`tkazishga qiziqishi juda baland, — deb ta`kidladi Andijon tibbiyot instituti akusherlik va ginekologiya kafedrasi mudiri Dilorom Asranqulova. Bu safar Toshkentga hududdan to`rt nafar delegat kelgan. Lekin yana ko`pchilik kelishga istak bildirdi. Andijon tibbiyot institutining o`zida ham 19 martda an`anaviy ilmiy konferensiya tashkil etildi. Va ularning ishtirokchilarining gibrid formatdagi ishtiroki, talabalarning, klinik ordinatorlarning, magistrantlarning imkon qadar ko`p narsa bilishga va tibbiyotdagi o`z g`oyalari bilan o`rtoqlashishga intilishini isbotladi.

​«Konferensiyadagi ma`ruzalarni baholashda asosiy mezonlardan biri — bu yosh tadqiqotchining o`zi tomonidan o`tkazilgan tadqiqotning originalligi», — deya ta`kidladi  jyuri raisi, RIOvaBSIATM kadrlar tayyorlash markazining etuk mutaxassisi Sevara Ergasheva.

​«Ilmiy-amaliy tarkibdan iborat tadqiqotlar olqishlanadi. Ya`ni u original g`oya bo`lishi kerak. U yosh olim nuqtai nazaridan qandaydir amaliyotga ega bo`lishi — foyda keltirishi, ma`lum muammoni, vazifani hal etishi kerak. Shuning uchun yosh tadqiqotchi sifatida aynan uning talabnomasini baholaymiz. Chunki bu tadqiqotlar ertaga bizga ilmiy salohiyat — akusherlik va ginekologiyada qiziq g`oya va ishlanmalarni beradi», — deb hisoblaydi jyuri raisi.

​Shuni ta`kidlaymizki, konferensiya xulosalariga ko`ra, 3 ta eng yaxshi ma`ruzalar va 3ta poster ma`ruzalar muallifi diplom va esdalik sovg`alari bilan mukofotlandi.

​​

 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1