1

Samarqandda noqonuniy qazilgan oltinni 205 mln so`mga sotmoqchi bo`lgan shaxs ushlandi

Jinoyat 11.04.2024, 22:00
Samarqandda noqonuniy qazilgan oltinni 205 mln so`mga sotmoqchi bo`lgan shaxs ushlandi

Samarqand viloyati Paxtachi tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan tezkor tadbir o`tkazildi.

Unga ko`ra, shu tumanda yashovchi G`.Sh. va K.I. tarkibida oltin bo`lgan ruda toshlarini "Qoraqo`ton" oltin koni hududidan noqonuniy ravishda qazib olib, yashash manzilida qayta ishlash orqali sof oltin quyma shakliga keltirgan holda mahalliy fuqaroga uning 145 grammini 205 mln so`mga sotayotgan vaqtda qo`lga olinib, prosessual tartibda hujjatlashtirilgan.

Hozirda, ushbu shaxslarga nisbatan JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilishi rejalashtirilib, surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1