1

Jizzaxda ikki nafar OIV infeksiyali bemorga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jamiyat 15.04.2024, 14:51
Jizzaxda  ikki nafar OIV infeksiyali bemorga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atildi

Jizzax viloyati Paxtakor tumanida yashovchi 35 yoshli ayol o`z uyida o`zida OIV infeksiyasi borligini bila turib begona erkak bilan himoyalanmagan jinsiy yaqinlik qilgan vaqtda Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan ushlangan va unga nisbatan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Bu haqda Sanitariya-epidemiologiya qo`mitasi xabar berdi. 

Yana bir holat: Sharof Rashidov tumanida qayd etilib, 34 yoshli erkak o`zida OIV borligini bilsada shifokorlar ogohlantirishiga qaramasdan, yashirincha 29 yoshli ayol bilan yashab kelgan va kasallikni jinsiy yo`l bilan ushbu ayolga yuqtirgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1