AsosiyJinoyat

Jizzaxda sifatsiz yog` mahsulotlari ishlab chiqarilishiga chek qo`yildi

'Jizzaxda sifatsiz yog` mahsulotlari ishlab chiqarilishiga chek qo`yildi'ning rasmi

Jizzax viloyatida aholi sog`lig`iga zarar keltiruvchi, sifatsiz yog` mahsulotlarining ishlabchiqarilishiga chek qo`yildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi departament xabar berdi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Sharof Rashidov tuman bo`limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda o`tkazilgan tezkor tadbirda “D.” MChJ mas`ul shaxslari “Toqchilik” MFY hududida joylashgan noturar binoda yashirin sex tashkil etib, ushbu sexda iste`molchilarning hayoti va sog`lig`i xavfsizligi talablariga javob bermaydigan yog` mahsuloti ishlab chiqarayotganliklari aniqlanib, 40,6 tonna chigit, 1 030 litr qo`lbola yog` va boshqa ishlab chiqarishda foydalanilgan tovar-moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar