1

Qirg`izistonda ham “TikTok” bloklanishi mumkin

Dunyo 17.04.2024, 13:42
Qirg`izistonda ham “TikTok” bloklanishi mumkin

Qirg`iziston Raqamli rivojlanish vazirligi huzuridagi Aloqa sohasini tartibga solish va nazorat qilish xizmati mamlakat internet provayderlariga TikTok ijtimoiy tarmog`iga kirishni cheklashni so`rab xat yo`lladi. Bu haqda Raqamli rivojlanish vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, boshqarmaga Milliy xavfsizlik davlat qo`mitasidan xat kelib tushgan. Unda aytilishicha, TikTok’ning qirg`iz segmentida «kontentga, xususan, bolalar axborot makonida senzuraga tizimli va prinsipial yondashuv yo`q».

Xat mualliflari «Bolalarning sog`lig`iga, ularning jismoniy, ma`naviy va axloqiy rivojlanishiga zarar etkazilishining oldini olish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qonunga murojaat qilib, TikTok ijtimoiy tarmog`iga kirishni cheklashda bolalarning sog`lig`iga, ularning intellektual, aqliy, ma`naviy va axloqiy rivojlanishiga zarar etkazilishini oldini olish maqsadi ilgari surilayotganini ta`kidlagan.

Vazirlik xatda aloqa operatorlariga 18 aprelgacha chora ko`rish bo`yicha topshiriq bergan.

Mamlakat Madaniyat vazirligi ham o`tgan yilning avgust oyida Raqamli rivojlanish vazirligiga mazkur ijtimoiy tarmoqni blokirovka qilish bo`yicha so`rov yuborgan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1