1

Jizzaxda aholi yashaydigan qishloqqa tog`dan ayiq tushib keldi

Jamiyat 17.04.2024, 15:22
Jizzaxda aholi yashaydigan qishloqqa tog`dan ayiq tushib keldi

Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyatining Yangiobod tumanida aholi yashash xonadonlariga tog`dan ayiq tushib kelgani haqidagi xabarlar tarqalgandi. Holat yuzasidan Jizzax viloyati Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati ma`lumot berdi.

Ushbu holat Jizzax viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o`zgarishi boshqarmasi hamda viloyat IIB xodimlari tomonidan o`rganilgan.

O`rganish davomida haqiqatan ham 17 aprel kuni tunda Yangiobod tumanining “Do`stlik” mahallasi “Chakan” qishlog`i hududiga tog`dan ayiq tushib kelgani va tong vaqtida Yangiobod tumani o`rmon xo`jaligi hududiga o`tib ketgani aniqlangan. U mahalla aholisi, xonadonlar va chorva mollariga zarar etkazmagan.  

“Hozirda tuman Ekologiya inspeksiyasi va viloyat IIB xodimlari tomonidan ayiqni o`rmon xo`jaligi hududidan o`z yashash arealiga betalafot o`tkazib yuborish choralari ko`rilmoqda”,– deyiladi xabarda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1