1

Farg`onalik bloger organ xodimlari tomonidan turli xil bosimlar bo`layotganini sababli Bosh prokuraturaga shikoyat qildi

Jamiyat 17.04.2024, 18:05
Farg`onalik bloger organ xodimlari tomonidan turli xil bosimlar bo`layotganini sababli Bosh prokuraturaga shikoyat qildi

Ijtimoiy tarmoqlarda farg`onalik bloger Farrux Abdullaevning IIO xodimlarining bosimidan norozi bo`lib, qilgan murojaati tarqaldi. Holat yuzasidan Farg`ona viloyati IIB rasmiy munosabat bildirdi.

Farrux Abdullaev Bosh prokuraturaga murojaat qilgan va organ xodimlari tomonidan turli xil bosimlar bo`layotganini aytgan.

"Farg`ona viloyati ichki ishlar xodimlari tomonidan menga nisbatan turli xil bosimlar bo`layotgani, mol-mulkimning noqonuniy tortib olinishi, kiyimlarimning yirtilishi, hattoki tan jarohati etkazishgacha borishganidan to`yib ketdim. Arizalarimga javob bermay, huquqlarimni poymol qilishmoqda", deb yozadi u o`zining ijtimoiy tarmoqlaridan birida.

Farg`ona viloyati IIB ijtimoiy tarmoqlardagi murojaat va unda keltirilgan holatlar nazoratga olinganini bildirgan. 

Mazkur holat yuzasidan tegishli tartibda o`rganish ishlari olib borilayotgani aytilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1