1

Hozirda 55 turdagi xizmatlar bepul ko`rsatilmoqda

Jamiyat 18.04.2024, 19:43
Hozirda 55 turdagi xizmatlar bepul ko`rsatilmoqda

Joriy yilning 1-chorakgida 21 ta yangi xizmatlarni ko`rsatish joriy etilib, xizmatlar soni jami 356 taga etkazildi. Yil oxiriga qadarularning sonini 400 taga etkazish rejalashtirilgan. Bu haqda Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilgan brifingda ma`lum qilindi.

Qayd etilishicha, 55 turdagi xizmatlar bepul ko`rsatiladi, «Ijtimoiy himoya yagona reestri» axborot tizimida ro`yxatga olingan shaxslar, I va II guruh nogironligi bo`lgan shaxslarga 50 foiz chegirma qo`llaniladi.

– 2024 yilning 1-choragida Markazlar orqali 7,9 mln davlat xizmatlari ko`rsatildi, shundan 5,6 mln.ga yaqini Markazlar orqali, 2,3 mln.dan ortig`i onlayn tarzda ko`rsatildi.

– O`rtacha xizmat ko`rsatish vaqti 1 daqiqadan 10 daqiqagacha, o`rtacha kutish vaqti 20 daqiqani tashkil etdi.

– eng ko`p ko`rsatilgan 29 ta xizmatlar (9 mln.dan ortiq) “3 qadam” tamoyili asosida soddalashtirilib, so`raladigan ma`lumotlar 225 tadan 99 taga, ariza yuborish uchun sarflanadigan vaqt 76 daqiqadan 22 daqiqaga qisqartirildi. 2024 yilda barcha xizmatlarni “3 qadam” tamoyili asosida soddalashtirish rejalashtirilgan.

– 48 ta davlat xizmatlarini ko`rsatish jarayonlari soddalashtirildi (BPR). 2024 yilda yana 100 ta davlat xizmatini ko`rsatish jarayonlarini soddalashtiriladi.

–2 turdagi proaktiv va 11 turdagi kompozit xizmatlar ko`rsatilishi yo`lga qo`yildi.

Masalan, 2023 yilda 18 yoshgacha nogironligi bo`lgan bolalar va odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallikka chalingan 18 yoshgacha bolalarga to`lanadigan nafaqalarni hamda parvarishlash nafaqasini fuqarolardan qo`shimcha hujjatlarni talab etmagan holda “proaktiv shakl”da tayinlash tizimini joriy etildi.

– 35 ta normativ-huquqiy hujjat loyihalari ishlab chiqildi;

– 46 ta davlat xizmatini ko`rsatish bo`yicha ma`muriy reglamentlar qabul qilindi;

– 37 ta davlat xizmatlarini ko`rsatish jarayonlari tizimlashtirildi;

– 2023 yil 1 oktyabrdan DXM tomonidan fuqaroning manziliga borib xizmat ko`rsatish tartibi yo`lga qo`yildi.

– 1 mln 400 mingdan ortiq fuqarolar “Mobil-ID” tizimida ro`yxatdan o`tdi va 2023 yilda ushbu tizim orqali 100 mingga yaqin xizmatlardan foydalanildi.

Respublika bo`yicha 11 ta zamonaviy DXM binolari qurilib, jami 189 taga etkazildi. (78 tasi davlat-xususiy sheriklik asosida). 

– 2023 yilda Toshkent shahri, Qoraqalpog`iston Respublikasi va viloyat markazlarida xizmatlarni “oson”, “o`rta” va “murakkab” toifalarga ajratgan holda ko`rsatish yo`lga qo`yildi. 2024 yilda 40 ta Markazlarda ixtisoslashtirish joriy etiladi.

– Chilonzor tuman DXM binosida “Navbatsiz xizmat maskani” tashkil etildi.

– 14 ta Markazlar zamonaviy infokiosklar bilan ta`minlanib, “raqamli xizmat nuqtalari” tashkil etildi.

– sinov tariqasida Namangan shahar Davlat xzmatlari markazi binosida hamda Uychi tumani “Qumtepa” MFY binosida xizmatlardan sodda usulda foydalanish imkonini beruvchi infokiosklar o`rnatildi. Ushbu turdagi infokiosklarni bosqichma-bosqich boshqa mahallalarda ham o`rnatish rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1