1

Jizzaxda jinoyat sodir etgan xitoylik fuqaro qidirilmoqda

Jamiyat 18.04.2024, 20:11
Jizzaxda jinoyat sodir etgan xitoylik fuqaro qidirilmoqda

1994 yilda Xitoy Xalq Respublikasida tug`ilgan, XXR  fuqarosi, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani Ardaxshon mahallasi hududida joylashgan “FESTON” XSI MChJ yotoqxonasida yashagan Chen Lin Bing O`zbekiston Respublikasi JKnig 184-moddasi 3-qismi xamda 189-moddasi 1-qismida ko`rsatilgan jinoyatlarni sodir etganligi uchun Sharof Rashidov tumani IIB tomonidan qidirilmoqda. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Ushbu shaxs to`g`risida ma`lumotga ega bo`lganlardan ichki ishlar organlariga yoki +99872-342-12-02, +99872-342-10-68, +99872-226-03-02, +99893-290-02-30 telefon raqamlariga qo`ng`iroq qilib xabar berishlari so`raladi.

Qayd etilishicha, ma`lumot bergan fuqaroning shaxsi sir tutiladi va pul mukofoti bilan taqdirlanadi.


 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1