1

21 aprel kuni Toshkentdagi bir qator ko`chalar yopiladi

Jamiyat 19.04.2024, 09:39
21 aprel kuni Toshkentdagi bir qator ko`chalar yopiladi

Poytaxtda ikkita yugurish marafonlari o`tkazilishi munosabat bilan 21 aprel kuni ertalab soat 04:30 dan 14:00 ga qadar quyidagi ko`chalarda avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi:

•  Afrosiyob ko`chasi Islom Karimov shoh ko`chasi bilan chorrahasidan, Oybek ko`chasigacha;

•  Oybek ko`chasi Afrosiyob ko`chasi bilan chorrahasidan Nukus ko`chasi bilan chorrahasigacha;

•  Nukus ko`chasi Oybek ko`chasi bilan chorrahasidan Abdulla Qodiriy ko`chasi bilan chorrahasigacha;

•  Abdulla Qodiriy Nukus ko`chasi bilan chorrahasidan Qorasaroy va Zarqaynar ko`chalari bilan kesishgan joyigacha;

•  Abdulla Qodiriy ko`chasi Qorasaroy va Zarqaynar ko`chalari bilan kesishgan joyidan  Shahrisabz ko`chasi kesishgan chorrahasigacha;

•  Shahrisabz ko`chasi Abdulla Qodiriy ko`chasi bilan chorrahasidan Amir Temur shoh ko`chasi bilan kesishgan joyigacha;

•  Afrosiyob ko`chasi Oybek ko`chasi bilan chorrahasidan Sharof Rashidov shoh ko`chasi bilan chorrahasigacha;

•  Sharof Rashidov shoh ko`chasi Afrosiyob ko`chasi bilan chorrahasidan Islom Karimov shoh ko`chasi bilan kesishgan chorrahasigacha;

•  Islom Karimov shoh ko`chasi Sharof Rashidov shoh ko`chasi bilan kesishgan chorrahasidan Afrosiyob ko`chasi bilan kesishgan chorrahasigacha.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1