1

O`zbekistonda 2027-2030 yilgacha gaz va "svet" muammosi bo`lmaydi — Energetika vazirligi

Jinoyat 23.04.2024, 18:21
O`zbekistonda 2027-2030 yilgacha gaz va "svet" muammosi bo`lmaydi — Energetika vazirligi

O`zbekistonda 2027-2030 yillargacha elektr energiyasi va tabiiy gaz etkazib berishdagi uzilishlar muammosi to`liq hal etiladi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati rahbari Hasan Toshxo`jaev  ma`lum qildi. 

Energetika vazirligi matbuot kotibi tariflar oshgani sabab, endi ko`proq mablag` sohani rivojlantirishga sarflansa, tizimda 2030 yilgacha muammo qolmasligini ma`lum qildi.

Hasan Toshxo`jaevning aytishicha, mamlakatda elektr energiyasi etkazib berish sohasining “iznos” – eskirib ketganlik darajasi qariyb 40 foizni tashkil qiladi. Jami 274 ming kilometrlik havo uzatish tarmoqlarining 122 ming kilometri, ya`ni 44,5 foizi eskirgan. 94 mingdan ziyod transformatorlarimizdan eskirganlari 33 mingtani tashkil qilyapti.

"Toshkent shahridagi uzilishlarning bir jihatiga e`tibor berishinglarni so`rardim. O`tgan yili sohaga 14,5 trln so`m ajratildi. Qilinishi kerak bo`lgan ishlarni 100 foiz deb olsak, biz bu mablag`ga buning 18-20 foizi qilindi.  Lekin baribir sohada qilinishi kerak bo`lgan ishlar nihoyatda ko`p. Bu degani narx oshdi va biz bir zumda iste`molchilarga sifatli, uzluksiz, barqaror elektr energiyasi etkazib beramiz degani emas. Aytib o`tganimdek, bir yilda katta mablag` evaziga 18-20 foiz ishni amalga oshirgan bo`lsak, oldimizda yana kamida 3-4 yillik ish turibdi. 3-4 yildan keyin – 2027-2030 yillargacha nasib qilsa elektr energiyasi etkazib berishda ham, tabiiy gaz etkazib berishda ham hech qanday muammolar bo`lmaydi deb va`da bera olamiz. Sababi, yuqorida aytib o`tganimdek, har yili korxonalar katta miqdorda ya`ni, 14 trl so`mgacha subsidiyalashtiriladi. O`sha subsidiyalashtiriladigan mablag` sohani modernizasiya qilishga sarflansa, biz ancha muncha ishni qilib olishimiz mumkin bo`ladi. 
 

Aytib o`tganimdek, darrov zo`r bo`ladi degan kafolatni bermayman. Oldimizda 3-4 yillik uzoq va og`ir, mashaqqatli mehnat turibdi", - deydi Hasan Toshxo`jaev.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1