1

Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Islom olami uyushmasi Oliy kengashi a`zosi bo`ldi

Dunyo 23.04.2024, 21:02
Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Islom olami uyushmasi Oliy kengashi a`zosi bo`ldi

23 aprel kuni Saudiya Arabistoni poytaxtida eng nufuzli tashkilot hisoblangan Islom olami uyushmasi Oliy Kengashning 46-yig`ilishi bo`lib o`tdi. Bu haqda Musulmonlar idorasi axborot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Saudiya Arabistonida eng nufuzli tashkilot hisoblangan Islom olami uyushmasi Oliy kengashining 46-yig`ilishi bo`lib o`tgan. Yig`ilishda Nuriddin Xoliqnazarovning Kengash a`zoligiga qabul qilingani to`g`risida qaror qabul qilingan.

O`zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar Islom olami uyushmasi Oliy Kengashi a`zoligiga qabul qilinganlari to`g`risida ushbu yig`ilishda qaror qilindi. Ushbu a`zolik Muftiy hazratlari faoliyatlari davomidagi to`rtinchi yirik tashkilotga a`zo bo`lishlaridir. Bular – Xalqaro musulmon ulamolari kengashi (Qatar), Musulmon donishmandlar kengashi (BAA), Islomiy fiqh akademiyasi (Saudiya Arabistoni) va Islom olami uyushmasi Oliy Kengashi (Saudiya Arabistoni) kabilardir.

Riyoz shahrida bo`lib o`tgan xalqaro anjumanda Saudiya Arabistoni, Misr Arab Respublikasi, Birlashgan Arab Amirligi, Kuvayt, Qatar, Turkiya, Malayziya, Indoneziya kabi davlatlardan kelgan vazirlar, taniqli ulamolar, mashhur muftiylar, professor-olimlar, davlat va din arboblari hamda xalqaro islomiy tashkilotlar etakchilari ishtirok etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1