1

Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi

Jamiyat 26.04.2024, 13:36
Iqtisodiyotda davlat ishtiroki qisqartiriladi

“Iqtisodiyotda davlat ishtirokini qisqartirishning qo`shimcha chora-tadbirlari to`g`risida”gi Prezident Qarori (PQ-162-son, 19.04.2024 y) qabul qilindi. Bu haqida Adliya vazirligi xabar bermoqda.

Qarorga ko`ra, respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo`lgan xo`jalik jamiyatlari (davlat ishtirokidagi korxonalar) birinchi rahbarlarining asosiy vazifalaridan biri etib o`z sohasida xususiy sektor ulushini muttasil oshirib borish, raqobat muhiti shakllangan sohalardagi, shuningdek, ularning faoliyatiga xos bo`lmagan, samarasiz foydalanilayotgan va bo`sh turgan aktivlarini xususiylashtirish (sotish) belgilandi.

️Shuningdek, quyidagilar tasdiqlandi:

Ommaviy savdolarga chiqariladigan aksiya paketlari (ulushlari) ro`yxati;

Ommaviy savdolarga chiqariladigan davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarning ko`chmas mulk ob`ektlari ro`yxati;

Mahalliy fond bozorida aksiyalarining birlamchi (IPO) yoki ikkilamchi (SPO) ommaviy taklifi o`tkaziladigan korxonalar ro`yxati.

 Davlat ishtirokidagi korxonalar aksiyalarining ommaviy taklifini o`tkazish jarayonida:

  • qabul qilingan buyurtmalar asosida aksiyalarni uyushgan savdolarda sotishda oldi-sotdi bitimlari investisiya vositachilari tomonidan qat`iy ravishda “Toshkent” RFB savdo maydonchasida ro`yxatdan o`tkaziladi;
  •  mahalliy investorlarning buyurtmalarini qabul qilish “Toshkent” RFB savdo maydonchasida amalda bo`lgan usullarga qo`shimcha ravishda, “E-AUKSION” elektron savdo platformasi, shu jumladan uning mobil ilovasidan foydalangan holda amalga oshiriladi. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1