1

Nursulton Nazarboev hukumatni farzandlariga meros qilib qoldirmasligini ma`lum qildi

Dunyo 24.11.2016, 11:08
Nursulton Nazarboev hukumatni farzandlariga meros qilib qoldirmasligini ma`lum qildi

Qozog`iston Respublikasi prezidenti Nursulton Nazarboev mamlakat boshqaruvini farzandlariga meros qilib qoldirmasligini ma`lum qildi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

“Hukumat boshqaruvi bu oilaviy biznes degani emas. Men hukumatni ularga meros sifatida qoldira olmayman. Hukumatni kimga topshirish kerakligi Konstitusiyamizda aniq va ravshan qilib ko`rsatib qo`yilgan”, dedi Nursulton Nazarboev.

Shu bilan birga Nazarboev 2020 yilgacha mamlakatni boshqarish niyati borligini aytib o`tdi. U 2015 yilda 5 yil muddatga Qozog`iston Respublikasi prezidentligiga qayta saylangan.  

Nursulton Nazarboevning to`ng`ich qizi Darig`a Nazarboeva mamlakat parlamenti senati deputati etib saylangan. Ikkinchi qizi Dinara Quliboeva esa yirikligi bo`yicha mamlakatda ikkinchi o`rinda turuvchi bankning hamkor boshqaruvchisi hisoblanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1