Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda guruh bo`lib, turli xavfli manyovrlar bilan harakatlangan hamda avtomobiliga ruxsat etilmagan maxsus qurilma (migalka) o`rnatgan haydovchilarning videosi tarqalgandi. Mazkur holatga IIV YHXB axborot xizmati izoh berdi.
Ma`lum qilinishicha, videodagi holat o`tgan yilning yozida Namangan viloyatida sodir bo`lgan. FHDYoga yo`l olgan to`y korteji turli xavfli manyovrlarni amalga oshirgan.
Video Namangan viloyati IIB Yo`l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari tomonidan o`rganilib, ushbu qoidabuzarliklarni sodir etgan haydovchilarga nisbatan qonuniy chora ko`rilgan. Avtomobillar esa jarima maydoniga joylashtirilgan.