1

Yangihayot tumani sudi sudyasi pora bilan qo`lga tushgani rad etildi

Jamiyat 03.05.2024, 12:40
Yangihayot tumani sudi sudyasi pora bilan qo`lga tushgani rad etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Yangihayot tumani sudi sudyasi pora bilan qo`lga tushgani haqida xabar tarqaldi. Sudyalar oliy kengashi matbuot xizmati holatga oydinlik kiritdi.

Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 1 may kuni fuqaro U. R.  (vaqtincha hech qaerda ishlamaydi) Toshkent shahar jinoyat ishlari bo`yicha Yangihayot tuman sudining ish yurituvida bo`lgan ma`muriy huquqbuzarlikka doir ishlar bo`yicha jarimalarni shu sudda ishlaydigan tanishlari orqali kamaytirib berish evaziga 1000 (bir ming) AQSh dollari olayotgan paytda huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo`lga olindi.

Ayni paytda tegishli prosessual harakatlar olib borilmoqda.

Ijtimoiy tarmoqlardagi go`yoki mazkur sud sudyasi pora bilan qo`lga  tushgani mazmunidagi xabarlar haqiqatga to`g`ri kelmaydi.

 

 



 

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1