AsosiyJinoyat

Buxoroda 6 yil avval sodir etilgan qotillik fosh etildi

'Buxoroda 6 yil avval sodir etilgan qotillik fosh etildi'ning rasmi

Buxoroda 6 yil muqaddam sodir etilgan mudhish qotillik jinoyati fosh etildi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar qildi.

Ma`lum qilinishicha, 2018 yilning 24 aprel kuni soat 01:15 larda Buxoro shahar IIO FMB navbatchilik qismiga kelib tushgan xabarga ko`ra, shaharning Turdi Farog`iy ko`chasida joylashgan xonadonlardan birida yong`in yuz bergan, yong`in bartaraf qilinganida, xonadon mehmonxonasidan, shu uyda yashagan fuqaroning jasadi tanasining turli joylarida jami 18 ta sanchilgan-kesilgan jarohatlar bilan aniqlangan.

Holat yuzasidan O`zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandi, 173-moddasi 2-qismi “B,v” bandlari bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

O`sha vaqtda prokuratura va ichki ishlar organlari xodimlaridan iborat tarkibda tergov tezkor guruh shakllantirilib, bir qator tezkor texnik, surishtiruv hamda tergov harakatlari olib borilgan bo`lsada jinoyatni fosh etish bo`yicha aniq natijalarga erishilmagan.

Joriy yil boshidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshlig`ining alohida farmoyishi asosida o`tgan yillarda sodir etilib, fosh etilmasdan qolayotgan jinoyat ishlari bo`yicha tezkor surishtiruv tadbirlarni tiklash va fosh etish bo`yicha alohida chora tadbirlar belgilandi.

Ana shu jinoyat ishlari orasida yuqorida keltirilgan mudhish qotillik jinoyati ham mavjud bo`lib, mazkur jinoyat ishi bo`yicha ham viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Tezkor qidiruv xizmati Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-texnik va surishtiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatni sodir qilgan shaxs aniqlandi.

Ayblanuvchining ko`rsatmalarini voqea joyida tekshirish tergov harakati hamda guvohlarning ko`rsatmalariga asosan jinoyat sodir qilganlikda gumon qilingan shaxsning aybi to`liq isbotlanib, jinoyat ishi yuzasidan to`plangan hujjatlar jazoning muqarrarligini ta`minlash uchun Jinoyat ishlari bo`yicha Buxoro shahar sudiga yuborildi.

    Boshqa yangiliklar