AsosiyJinoyat

Chorsuda zargarlik do`konidan tilla buyumlarni o`g`irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi

'Chorsuda zargarlik do`konidan tilla buyumlarni o`g`irlab ketgan 12 yoshli bola ushlandi'ning rasmi

Toshkent shahrida Milliy gvardiya va ichki ishlar xodimlari hamkorligida olib borilgan tezkor tadbir natijasida zargarlik do`konidan o`g`irlangan 49 million so`mlik tilla buyumlari o`z egasiga qaytarildi.

Poytaxtning Shayxontohur tumani IIO FMBga Olmazor tumanida yashovchi fuqaro M.S. tomonidan murojaat kelib tushgan.

Unga ko`ra, fuqaro o`zi sotuvchi bo`lib ishlaydigan Eski jo`va bozorida joylashgan zargarlik do`koniga joriy yilning 28 aprel kuni noma`lum ayol o`smir bola bilan kelgani va zargarlik buyumlarini uzoq vaqt ko`rib, 49 million so`mlik tilla buyumlarni tanlagani hamda sotib olish istagini bildirib qo`liga olgan holda o`g`liga bergani, o`g`li esa darhol noma`lum tomonga qochib chiqib ketgani haqida ma`lum qilgan.

Dastlabki surishtiruvlar natijasida ushbu ayol Qo`qon shahrida yashovchi 49 yoshli X.G., yonidagi o`smir esa uning 12 yoshli o`g`li I.A. ekani aniqlangan.

Olib borilgan hamkorlikdagi tezkor tadbirlar natijasida Milliy gvardiya xodimlari tomonidan voqea joyidan qochib ketgan voyaga etmagan bola qo`lga olinib, qimmatbaho buyumlar o`rnatilgan tartibda o`z egasiga qaytarilgan.

Hozirda ichki ishlar organlari tomonidan surishtiruv ishlari davom ettirilmoqda.

    Boshqa yangiliklar