Irimlarga ishonasizmi? Yo`lidan qora mushuk kesib o`tsa, iziga qaytadigan yoki “tumor omad keltiradi” deydiganlar sirasidanmisiz? «Ha» deb javob bersangiz ham, aslida ich-ichingizda bu irimlar bo`lmagan gap ekaniga ishonasiz. Biroq oshkora tan olishga kelganida ojizlik qilib qo`yasiz, nimadir xalal beradi. Buni qarangki, dunyo yulduzlari ham juda antiqa irimlarga ishonishar ekan. O`zimiznikilar ham ulardan qolishmaydi. Fikrlar moddiylashadi, degani shu bo`lsa ajabmas...
Homiladorlikdagi hangoma
Amerikalik aktrisa Jessika Alba 2008 yil to`ng`ich farzandiga homiladorligida juda irimchi edi. Tug`ruqqa qadar do`stlariga duo o`qilgan charm bilaguzuklarni tarqatib, “Bolam tug`ilmaguncha qo`lingizdan echmang!” deya iltimos qilgan. Yo`qsa, farzandiga salbiy ta`sir ko`rsatishiga ishongan.
Turmush o`rtog`iga tuz uzatmaydi
Aktrisa Ketrin Zeta-Jons sira grim xonasida kuylamas, hushtak ham chalmas ekan. Bordiyu bexosdan hushtak chalib yuborsa, elka osha tuflab qo`yarkan. Bundan tashqari aktrisa dasturxon atrofida o`tirganida urishib qolish belgisi, deya hech kimga, ayniqsa, turmush o`rtog`iga tuz uzataydi.
Omadsizlik keltiradi…
Aktyor Robert Pattison qora mushuk va 13 raqamidan qo`rqadi. Robert bularni omadsizlik belgisi sifatida qabul qiladi.
O`ng va chap oyoqning xosiyati
Amerikalik aktrisa Salma Xayek bolaligidan o`ng oyoq bilan ostona hatlashni irim qiladi. Chap oyog`i bilan qadam tashlasa, omadsizlikka duch kelar ekan.
Qiyshaygan mix va tanganinig siri
Opera xonandasi Luchano Pavarotti hech qachon cho`ntagida egilgan mix va oyoq kiyimiga solingan tangasiz sahnaga chiqmaydi. Bu uning muvaffaqiyatli chiqish qilish belgisi.
Daraxtni taqillatadi
Aktrisa Nikol Kidman yomon hayollar haqida o`ylagani yo bemavrid biron gap aytib yuborganida doim daraxtni taqillatadi. Xonanda va aktrisa Peris Xilton ham xuddi Kidman kabi yo`l tutadi. Shuningdek, 11:11 raqamini ko`rib qolsa, albatta niyat qiladi. Chunki bunday holda niyati amalga oshishiga ishonadi.
Charm ryugzak
Aktrisa Natali Portman birinchi gonorariga harid qilgan charm ryukzagidan sira ayrilmaydi. Bu aktrisaga yangi-yangi rollar “yomg`ir”ini olib kelar ekan.
Britni Spirs Megan Foksni o`limdan saqlaydi
Aktrisa va fotomodel Megan Foks samolyotda uchishdan qo`rqadi. Uchishga to`g`ri kelib qolsa, to manziliga etguncha Britni Spirsning qo`shiqlarini tinglaydi. Bu xonandaning albomini tinglagan odamning qismatiga halokat rahna solmaydi degan fikrda.
Omad keltiruvchi oyoq kiyimlar
Aktrisa Reychel Vays oyoq kiyimlarini irim qiladi. Noto`g`ri tanlangan tufli o`sha kuni unga baxtsizlik olib kelar ekan. Qiziq, qaysi oyoq kiyim unga omad olib kelishini qaerdan biladi?!
Ledi Gagani chindan sevmasa…
Pop malikasi Ledi Gaga ijodining muvaffaqiyatli bo`lishida uyquni sababchi deb biladi. Agar yonida yurakdan yaxshi ko`rmaydigan yaqini uxlamasa, san`atdagi omadini boy berib qo`yar ekan. “Ular mening quvvatimni olib qo`yadi”, deydi.
Maykl Jordanning kererasini yaratgan kiyim
Basketbol bo`yicha dunyo yulduzi Maykl Jordan uchun «23» omadli raqam ekan. Ikkinchidan, uning eski ko`k shortisi doim unga omad olib kelar ekan. Basketboldagi karerasiga ham shu kiyimini sababchi deb biladi.
Baskovni uyga qamagan baxtsizlik
Xonanda Nikolay Baskov qora mushuklardan qo`rqadi. Kunlarning birida mushuk sabab to`rt chaqirim masofani piyoda bosib o`tishiga to`g`ri kelgan. Buvisi sovg`a qilgan kumush taqinchoqni o`g`irlatib qo`ygani uchun bir necha kun uyidan chiqmagan. Aytishicha, bu baxtsizlik belgisi emish.
Koroleva nima sabab familiyasini o`zgartirdi?
Rossiya estrada xonandasi Natasha Koroleva 13 raqamidan qo`rqqani uchun hatto familiyasini ham o`zgartirgan. Undan avval asl familiyasi — Porvay bilan ijod boshlagandi. Xonandaning yaqinlari “Ism-sharifing 13 ta harfni tashkil etar ekan”, deyishi bunga sabab bo`lgan. Natashaning aytishicha, taxallus bilan ish boshlagach, omad u bilan izma iz yurgan.
Allegrovani sahnada rasmga olish mumkin emas
Xonanda Irina Allegrova konsert vaqtida rasmga olishlarini yoqtirmaydi. “Sahnada baliqdek suzayotgan vaqtimda rasmga tushirishsa, menga ko`z tegadi”, deydi.
14.02.2023, 13:14
Rossiyalik qutqaruvchilar qidiruv-qutqaruv ishlari davomida Turkiyadagi turar-joy binosi vayronalarini tozalash chog`ida katta miqdorda pul topdi. Bu haqda Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi."Rossiya Favqulodda vaziyatlar...30.01.2023, 12:54
Daniyalik siyosatchi Rasmus Paludan Rossiyaning Daniyadagi elchixonasi yaqinida uchinchi marta Qur`onni yoqib yubordi. Endi u buni "Checheniston va uning rahbarining aybi bilan" qilganini, shuningdek, chechenistonlik...27.12.2022, 10:08
AQShda qishki bo`ron tufayli kamida 50 kishi halok bo`ldi, deb xabar bergan NBC News. Telekanalning aniqlik kiritishicha, qurbonlarning aksariyati - kamida 14 nafari Nyu-York shtati...13.12.2022, 11:03
Qozog`iston gaz ittifoqini yaratish masalasini muhokama qilmadi, deb xabar qildi mamlakat energetika vazirligiga tayanib Ria Novosti. "Qozog`iston, Rossiya va O`zbekiston gaz tashish tizimlarining texnik imkoniyatlarini muhokama...