AsosiyDunyo

Ro`yxatga antibiotiklarga chidamli bakteriyalarning 15 oilasi kiritilgan

'Ro`yxatga antibiotiklarga chidamli bakteriyalarning 15 oilasi kiritilgan'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti 2024 yil uchun yangilangan bakterial patogenlarning ustuvor ro`yxatini (BPPL) e`lon qildi. Bu haqda Sog`liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmati xabar qildi.

Unga antibiotiklarga chidamli bakteriyalarning 15 oilasi kiritilgan bo`lib, ular muhim, yuqori va o`rta ustuvor guruhlarga tasniflanadi. Ro`yxatda mikrobga qarshi preparatlarga chidamlik (MQCh) tarqalishini to`xtatish uchun yangi va kerakli davolash usullarini ishlab chiqish bo`yicha tavsiyalar berilgan.

MQCh bakteriyalar, viruslar, zamburug`lar va parazitlarga dorilar ta`sir qilmay qolganda vujudga keladi va bu bemorlarda kasallikni og`irlashtiradi va uning tarqalish va o`lim xavfini oshiradi.

Odatda MQCh mikroblarga qarshi vositalarni noto`g`ri va haddan tashqari ko`p ishlatish tufayli kelib chiqadi. Yangilangan BPPL ro`yxati yangi antibiotiklarni tadqiq qilish va ishlab chiqishda innovasiyalarni rag`batlantirish uchun xalqaro muvofiqlashtirishni qo`llab-quvvatlash bo`yicha yangi ma`lumotlar va ekspertlar xulosalarini o`z ichiga oladi.

Ma`lumot uchun: ro`yxat birinchi bo`lib 2017 yilda shakllantirilgan edi. O`shandan buyon mikroblarga qarshi preparatlarga chidamlilik xavfi ortib, bu ko`plab antibiotiklar samaradorligini pasayishiga olib kelgan va zamonaviy tibbiyotdagi qator yutuqlarni yo`qqa chiqarishi mumkin.

“Mikroblarga qarshi preparatlarga chidamlilik sil kasalligi kabi hayot uchun xavfli infeksiyalarni samarali davolash imkoniyatiga tahdid solmoqda. Bu esa kasallikning og`ir kechishiga va o`lim holatlarining ortishiga olib keladi”, — dedi JSST Bosh direktorining yordamchisi Jerom Salomon.


 

    Boshqa yangiliklar