AsosiyDunyo
1584

Eron prezidenti vazifasini Muhammad Moxber bajaradi

'Eron prezidenti vazifasini Muhammad Moxber bajaradi'ning rasmi

Ibrohim Raisi vafotidan keyin Eronni tarixda birinchi marta uning vise-prezidenti, 68 yoshli Muhammad Moxber boshqaradi. Bu haqda “Anadolu Ajansı” xabar berdi.

Muhammad Moxber Adliya vazirligi rahbari va parlament raisi bilan birgalikda qaror qabul qiladigan uch a`zolik Davlat kengashi a`zolaridan biriga aylanadi. Biroq oxirgi so`z, avvalgidek, Eron oliy rahbari Oyatulloh Xomanaiyda qoladi.

Moxber 2021yilda Ibrohim Raisi mamlakat prezidentligiga saylanganida vise-prezident bo`ldi. U Oyatulloh Xomanaiyga yaqin va Vladimir Putin bilan ham yaxshi munosabatlarga ega. O`tgan yilning oktyabr oyida Muhammad Moxber Moskvaga tashrif buyurgan va Eron raketalarini Rossiyaga etkazib berish bo`yicha muzokaralar olib borgan Eron delegasiyasi tarkibida edi. Avvalroq Muhammad Moxber Xomanaiyga yaqin bo`lgan Setad sarmoya fondida ishlagan.

2010yilda Evropa Ittifoqi Moxberni yadroviy raketalarni yaratish dasturida ishtirok etgani uchun sanksiya qilgan. Biroq oradan ikki yil o`tib amaldorga nisbatan sanksiyalar bekor qilindi. Qo`shma Shtatlar esa 2013yilda Setad sarmoya jamg`armasi va boshqa 37 Eron shirkatiga qarshi sanksiyalar kiritgan edi.

“Setad” 1979 yilgi islom inqilobidan keyingi notinch yillarda muhojirlar tashlab ketgan mulkni boshqarish uchun tashkil etilgan bo`lib, keyinchalik bu mulkdan olingan mablag`lar xayriya ishlariga yo`naltirilgan. Biroq Konstitusiyaga ko`ra, vise-prezident faqat keyingi 50 kun davomida mamlakat rahbari bo`lib qoladi, bu davrda yangi saylovlar tashkil etilishi va o`tkazilishi kerak.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar