AsosiyDunyo
1211

Toshkentdan Budapeshtga muntazam aviareyslar qo`yiladi

'Toshkentdan Budapeshtga muntazam aviareyslar qo`yiladi'ning rasmi

“Qanot Sharq” (O`zbekiston) aviakompaniyasi 30 iyundan boshlab Toshkent — Budapesht — Toshkent yo`nalishi bo`yicha to`g`ridan-to`g`ri muntazam qatnovlarni yo`lga qo`yadi. Bu haqda  O`zbekiston Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Bu O`zbekiston va Vengriya tashqi ishlar va transport vazirliklari o`rtasidagi kelishuv tufayli amalga oshdi.

Parvozlar dastlab har yakshanba kuni amalga oshiriladi. 4 sentyabrdan chorshanba kunlari yana bir reys qo`shilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, parvoz sayyohlar, ishbilarmonlar va talabalar uchun yangi imkoniyatlar ochadi, deb ta`kidladi O`zbekistonning Vengriyadagi elchixonasi.

“Qanot Sharq” kompaniyasi bosh direktori Moisey Pak yangi yo`nalish “nafaqat transport qulayligini oshirishi, balki mamlakatlar o`rtasidagi madaniy va iqtisodiy aloqalarni mustahkamlashi”ga ishonch bildirdi.

O`zbekiston va Vengriya poytaxtlari o`rtasida to`g`ridan-to`g`ri aviaqatnovlarni yo`lga qo`yish rejasi 2023 yil aprel oyida e`lon qilingandi. Vengriya iqtisodiy rivojlanish vaziri Marton Nad Toshkentda bo`lib o`tgan ikkinchi Xalqaro investisiya forumida so`zlagan nutqida aviaqatnovlar yo`lga qo`yilishi bilan “ikki davlatni bir-biridan ajratib turadigan 4000 km masofaga qaramay, aloqa yanada yaqinlashishini” ta`kidlagan.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar