“O`zbekkino” milliy agentligi buyurtmasiga asosan suratga olingan “Dev va pakana” filmida bosh qahramon obrazini gavdalantirgan aktyor Nodir Saidaliev vafot etdi. Bu haqda xonanda Abzal Xusanov o`zining Instagram`dagi sahifasida ma`lum qildi.
“25 noyabr. Nodir polvon olamdan ӯtdi. Olloh rahmat qilsin”,—deb yozdi Abzal Xusanov.
“Darakchi.uz” jamoasi nomidan aktyorning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur ta`ziya izhor etamiz.





