1

O`zbekiston futzal bo`yicha 2024 yilgi dunyo mundialiga mezbonlik qiladi

Sport 24.05.2024, 22:24
O`zbekiston futzal bo`yicha 2024 yilgi dunyo mundialiga mezbonlik qiladi

O`zbekiston joriy yilning 14 sentyabr – 6 oktyabr kunlari  futzal bo`yicha 2024 yilgi dunyo mundialiga mezbonlik qiladi.

10-futzal bo`yicha Jahon chempionatiga aylanadigan mazkur katta sport tadbiri Markaziy Osiyoda ilk bora o`tkazilsa, Osiyo qit`asida esa to`rtinchi mundial sifatida tarixdan o`rin oladi.

Musobaqada dunyoning eng kuchli 24 terma jamoasi futzal bo`yicha Jahon chempionligi uchun kurash olib boradi. Tarixda 10-bor tashkil etilayotgan turnirda amaldagi g`olib Portugaliyadan tortib, besh karra chempion Braziliya, shuningdek, Fransiya va Yangi Zelandiya kabi debyutantlar jam bo`lishadi.

Mundialning qur`a tashlash marosimi joriy yilning 26 may kuni Samarqand shahridagi Registon maydonida bo`lib o`tadi.

Mezbon sifatida, aynan, O`zbekiston tanlanganligi ham yurtimizda sport bo`yicha erishilgan natijalar hamda kelgusida amalga oshirilishi kutilayotgan istiqbolli rejalar tasdig`idir. Turnir nafaqat O`zbekiston, balki jahon futzali rivojida muhim qadam bo`ladi!

Eslatib o`tamiz, bu mamlakatda o`tkaziladigan birinchi xalqaro turnir emas. O`zbekiston 2022 yilning 1−19 iyun kunlari futbol bo`yicha U23 Osiyo kubogiga mezbonlik qildi. Bundan tashqari, 2023 yilning mart oyida mamlakat o`z uyida U20 Osiyo kubogini qo`lga kiritdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1