1

Rossiyada 5 nafar o`zbekistonlik avtohalokatga uchradi

Dunyo 26.05.2024, 15:08
Rossiyada 5 nafar o`zbekistonlik avtohalokatga uchradi

Rossiya Federasiyasining Tyumen viloyatida 25 may kuni 5 nafar O`zbekiston fuqarolari YTHga uchragan. Bu haqda “Vslux” nashri xabar berdi.

Avtohalokat Aromashevo—Vagay yo`lida yuz bergan. Holat haqida Tyumen viloyati yo`l-patrul polisiyasi xabar bergan. 28 yoshli o`zbekistonlik fuqaro boshqaruvida bo`lgan Kia rusumli avtomobil tezlik oshirilishi natijasida trassadan chiqib ketib, ag`darilgan.

Rasmiylarga ko`ra, hodisa oqibatida 3 va 5 yoshli ikki bola, 30 va 32 yoshli yo`lovchilar, shuningdek, haydovchining o`zi ham jabrlangan. Ular Surgutdan Rossiya chegarasi tomon ketayotgan bo`lgan.

Viloyat polisiyasi halokat yuzasidan tekshiruv davom etayotganini ma`lum qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1