AsosiySalomatlik

Pandemiya sababli o`rtacha va sog`lom umr ko`rish ko`rsatkichlari pasaydi

'Pandemiya sababli o`rtacha va sog`lom umr ko`rish ko`rsatkichlari pasaydi'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti o`zining “2024 yilgi Sog`liqni saqlash bo`yicha jahon statistikasi” hisobotining so`nggi nashrini e`lon qildi. Unda COVID-19 pandemiyasi inson tug`ilganda kutilayotgan umr davomiyligi va sog`lom umr ko`rish davomiyligining barqaror o`sish tendensiyasini o`zgartirib yuborganligi qayd etilgan.

 Atigi ikki yil davomida pandemiya umr ko`rish davomiyligini ko`tarish bo`yicha qariyb o`n yillik yutuqlarni yo`qqa chiqardi. 

2019 – 2021 yillar davomida butun dunyo bo`ylab o`rtacha umr ko`rish 1,8 yilga qisqardi va 71,4 yoshni tashkil etdi(ya`ni 2012 yilgi natijaga qaytdi).

 Xuddi shunday, 2021 yilda global sog`lom umr ko`rish davomiyligi 1,5 yilga qisqarib, 61,9 yoshni tashkil qildi(2012 yil darajasiga qaytdi).

 2024 yil hisobotida, shuningdek, pandemiyaning ta`siri butun dunyo bo`ylab notekis sezilayotgani ta`kilanadi. JSSTning Amerika va Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqalari, ayniqsa, ko`p jabr ko`rdi. 

2019 – 2021 yillar oralig`ida o`rtacha umr ko`rish taxminan 3 yilga, sog`lom umr ko`rish esa 2,5 yilga qisqardi. Bundan farqli o`laroq, G`arbiy Tinch okeani mintaqasi

ga pandemiyaning dastlabki ikki yili eng kam ta`sir ko`rsatdi, o`rtacha umr ko`rish 0,1 yildan kamroqqa, sog`lom umr ko`rish esa 0,2 yildan kam bo`lgan ko`rsatkichga qisqardi

.COVID-19 tez sur`atda o`limning asosiy sababiga aylandi va 2020 yilda dunyoda o`limning uchinchi, 2021 yilda esa o`limning ikkinchi sababi bo`ldi. Bu davr davomida u deyarli 13 million odamni dunyodan olib ketdi. Oxirgi hisob-kitoblarga ko`ra, Afrika va G`arbiy Tinch okeani mintaqalarini inobatga olmaganda, COVID-19 ushbu ikki yil ichida dunyodagi o`limning asosiy beshta sabablaridan biri bo`ldi va Amerika mintaqasida o`limning etakchi sababiga aylandi.

 Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti hisobotida pandemiyadan oldin o`limning asosiy sabablari yurak-qon tomir kasalliklari va insult, saraton, surunkali obstruktiv o`pka xastaligi, Alsgeymer va boshqa turdagi demensiya, shuningdek, qandli diabet kabi noinfeksion kasalliklar bo`lgani va 2019 yilda ular barcha o`limlarning 74 foizini tashkil etgani ta`kidlangan.

 

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar