AsosiyJinoyat
1900

Surxondaryodagi “Ayritom” chegara bojxona postida 1 mlrd so`mdan ortiq noqonuniy sigaretlar ushlandi

'Surxondaryodagi “Ayritom” chegara bojxona postida 1 mlrd so`mdan ortiq noqonuniy sigaretlar ushlandi'ning rasmi

Surxondaryodafuqaroxorijda ishlab chiqarilgan va aksiz markalari bo`lmagan 27 ming quti tamakini yuk mashinasiga yashirgan. Bu haqda viloyat bojxona boshqarmasi xabar berdi.

Ma`lum bo`lishicha, Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasi “Ayritom” chegara bojxona postiga qo`shni davlatdan kirib kelgan fuqaro T.B. boshqaruvidagi yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona postida mavjud inspeksion ko`rik majmuasidan o`tkazilgan. Natijada rentgen tasvirlari avtotransport vositasida yuk kuzatuv hujjatlarida ko`rsatilgan tovarlardan boshqa tovarlar borligini ko`rsatgan. 

So`ngra avtotransport vositasi xolislar ishtirokida bojxona ko`rigidan o`tkazilgan.

Oqibatda avtotransport vositasi yukxonasida xufyona tarzda qog`oz qutilarga joylashtirilgan, yuk kuzatuv hujjatlarida ko`rsatilmagan, xorijda ishlab chiqarilgan va aksiz markalari bo`lmagan umumiy qiymati 1 mlrd 26 mln so`mlik jami 27 000 quti 3 xil nomdagi sigaret mahsulotlari yuklanganligi ma`lum bo`lgan. 

"Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tekshiruv harakatlari olib borilmoqda",- deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar