AsosiyJinoyat
1927

Toshkent viloyatida 4,8 mlrd so`mlik sintetik giyohvand moddalar aylanmasiga chek qo`yildi

'Toshkent viloyatida 4,8 mlrd so`mlik sintetik giyohvand moddalar aylanmasiga chek qo`yildi'ning rasmi

Toshkent viloyati IIBB va Bo`stonliq tumani IIB tezkor xodimlari tomonidan hamkorlikdagi organlar bilan o`tkazilgan tezkor tadbirda ko`p miqdordagi sintetik giyohvandlik vositalarini tarqatish maqsadida olib ketayotgan shaxs ushlandi. Bu haqda viloyat IIBB axborot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, nazorat tadbiri davomida 33 yoshli fuqaro M.I. Toshkent viloyatining Bo`stonliq tumani hududida gumonlanib tekshirilgan. Uning yonida bo`lgan avtomobil ehtiyot qismi (reduktor) ko`zdan kechirilganda, ehtiyot qism ichiga joylashtirilgan 12 ta o`ramdagi, (“qora bozor”dagi taxminiy narxi 4 milliard 800 million so`mga teng) bo`lgan, ekspertiza xulosasiga ko`ra, 6 kilogramm sintetik giyohvandlik vositasi borligi aniqlangan va daliliy ashyo sifatida olingan.

Ushlangan shaxsning yashash xonadoni tekshirilganida, sintetik vositalarni kichik miqdorga ajratib, qadoqlash va tarqatish uchun kerakli vositalar borligi ma`lum bo`lgan.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksi 273 moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o`tkazish maqsadini ko`zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek, ularni qonunga xilof ravishda o`tkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Dastlabki surishtiruvga ko`ra, unga ushbu sintetik giyohvandlik vositalari tegishli Telegram boti yordamida Qirg`izistondan vodiy viloyatlari orqali etkazib berilgani aniqlangan. Hozirda ushbu sintetik giyohvandlik vositalarining manbasini aniqlash bo`yicha tezkor qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar