Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida Buxoro viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalari yuzasidan videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tmoqda.
Yig`ilishda aholi daromadlarini oshirish va tadbirkorlikka ko`maklashish masalalari ko`rib chiqildi.
Viloyatda bu oy 21,5 ming bitiruvchi mehnat bozoriga kirib keladi. Ularni va ishsiz, kam daromadli aholini ish va daromad manbalari bilan ta`minlash – strategik vazifa.
Yangi tayinlangan viloyat rahbarlari tadbirkorga yordam berib, Buxoroni kambag`allik, ishsizlik va jinoyatdan xoli hududga aylantirish shartligi haqida ogohlantirdi.
Buxoroda kichik biznesga bu yili 5,9 trillion so`mga qo`shimcha yana 2,1 trillion so`m kredit ajratilishi e`lon qilindi. Turizm va servis uchun yana 100 million dollar alohida ajratiladi.






