AsosiySiyosat

Shavkat Mirziyoev Turkiyaga boradi

'Shavkat Mirziyoev Turkiyaga boradi'ning rasmi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog`anning taklifiga binoan 6 iyun kuni rasmiy tashrif bilan ushbu mamlakatda bo`ladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar qildi.

Tashrif doirasida Anqara shahrida ikki davlat rahbarlari raisligida Strategik hamkorlik kengashining uchinchi yig`ilishi o`tkazilishi ko`zda tutilgan.

Sammit kun tartibidan O`zbekiston-Turkiya keng qamrovli strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash masalalari o`rin olgan.

Amaliy hamkorlikni kengaytirish, eng avvalo, tovar ayirboshlash hajmini oshirish, sanoat, "yashil" energetika, elektrotexnika, to`qimachilik, farmasevtika tarmoqlari, qishloq xo`jaligi va boshqa yo`nalishlarda, shu jumladan davlat-xususiy sheriklik dasturi doirasida kooperasiya loyihalarini ilgari surishga alohida e`tibor qaratiladi.

Faol madaniy-gumanitar almashinuvni davom ettirish masalalari ko`rib chiqiladi. Xalqaro siyosatning dolzarb jihatlari yuzasidan fikr almashiladi.

Oliy darajadagi muzokaralar yakunlari bo`yicha qator ikki tomonlama hujjatlar qabul qilinishi rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, O`zbekiston va Turkiya Prezidentlari ikki mamlakat etakchi korxonalari va kompaniyalari rahbarlari bilan birinchi qo`shma uchrashuvini o`tkazadilar.

    Boshqa yangiliklar